Mazkur tezisda zamonaviy o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqulning "Tun panjaralari" hikoyasida badiiy obraz yaratish mahorati tahlil qilinadi. Asarda qahramonlarning ruhiy kechinmalari, ichki ziddiyatlari, yolg'izlik va begonalashuv holatlari, shuningdek, insonning o'zligini anglash jarayoni badiiy-psixologik tasvir vositalari orqali ochib berilgan. Hikoyadagi "tun", "panjara", "yuksaklik", "yer" kabi obraz va ramzlarning qahramon ruhiyati bilan aloqasi ko'rsatib beriladi. Asardan olingan parchalar asosida Nazar Eshonqulning qahramon ichki dunyosini tasvirlashdagi o'ziga xos badiiy mahorati ochib beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Aziza Elmurodova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: