Maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining korxonalarda marketing qarorlarini qabul qilish jarayoniga ta'siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda sun'iy intellektni marketingning alohida operatsiyalarini avtomatlashtiruvchi vosita sifatida emas, balki bozor ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash, muqobil qarorlarni shakllantirish va ularning natijalarini baholash jarayonini o'zgartiruvchi boshqaruv texnologiyasi sifatida ko'rib chiqish taklif etiladi. So'nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida sun'iy intellektdan foydalanishning marketing natijalariga ta'siri bir xil emasligi asoslangan. Mazkur ta'sir ma'lumotlarning sifati, korxonaning marketing-analitik salohiyati, iste'molchilar ehtiyojlarining noaniqligi, algoritmik tavsiyalarning tushuntirilishi hamda menejerning yakuniy qaror qabul qilishdagi ishtirokiga bog'liq. Tadqiqot natijasida marketing qarorlarini qabul qilishning "ma'lumot – analitik model – algoritmik tavsiya – ekspert bahosi – marketing qarori – bozor reaksiyasi" tamoyiliga asoslangan integratsiyalashgan mexanizmi taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Egamberdiyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: