Maqolada raqamli muhitda iste'molchining xarid qarorini shakllantirishda turli kontakt nuqtalarining o'rni tadqiq etilgan. An'anaviy marketing voronkasi iste'molchining zamonaviy xatti-harakatini to'liq ifodalay olmayotgani, xaridorning qaror qabul qilish jarayoni bir nechta platforma, qurilma va onlayn hamda oflayn kanallar o'rtasida kechayotgani asoslangan. Customer Journey konsepsiyasi doirasida kontakt nuqtalarining iste'molchiga ta'siri xarid yo'lining bosqichi, kontaktning vazifasi, iste'molchining axborotga ehtiyoji va kanallararo izchillik bilan bog'liq holda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kontakt nuqtalarini ularning soni yoki auditoriya qamrovi bo'yicha emas, balki xarid qaroriga qo'shgan hissasi bo'yicha boshqarishga asoslangan yondashuv taklif etilgan. Raqamli marketing samaradorligini baholashda alohida kanal natijasidan Customer Journey doirasidagi integratsiyalashgan ta'sirni baholashga o'tish zarurligi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Egamberdiyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: