Mazkur maqolada o'zbek milliy raqs san'atining tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, milliy hamda merosiy raqslarning xalq ma'naviy-madaniy hayotidagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 4-fevraldagi milliy raqs san'atini rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi imkoniyatlar tahlil qilinadi. Maqolada milliy raqs merosini asrab-avaylash, uni yosh avlodga yetkazish, zamonaviy sahna talablari bilan uyg'unlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Shu nuqtayi nazardan, "Bahor" davlat raqs ansamblining o'zbek raqs san'atini targ'ib etish, milliy raqs an'analarini davom ettirish va ijodiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Raqs san'atining kechagi tarixi, bugungi taraqqiyoti va kelajak istiqbollari o'zaro bog'liqlikda tahlil etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Mohlaroy Rajabova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: