Ushbu maqolada echkilar postnatal ontogenezida o‘ng tuxumdonning morfometrik o‘zgarish dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuxumdonning uzunligi, eni, qalinligi va absolyut og‘irligi yoshga bog‘liq holda notekis rivojlanib, umumiy o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Postnatal ontogenezning 3 kunligidan 60 oyligigacha o‘ng tuxumdon uzunligi 10,37 marta, eni 11,43 marta, qalinligi 6,22 marta va absolyut og‘irligi 16,0 marta ortishi aniqlandi. Olingan natijalar echkilar o‘ng tuxumdonining postnatal rivojlanishi murakkab va differensial morfofunksional jarayon ekanligini ko‘rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tangirov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: