Ushbu maqolada Farg'ona vodiysida miloddan avvalgi VI–II asrlarda Axamoniylar hamda Yunoniston–Baqtriya davlatlari davrida shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida arxeologik topilmalar, tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlarga tayanilgan holda, bu ikki sivilizatsiyaning o'zaro madaniy ta'siri natijasida Farg'ona vodiysida yuzaga kelgan urbanistik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada shaharsozlikda Axamoniylar davridagi irrigatsiya tizimlari, ma'muriy boshqaruv shakllari hamda Yunon–Baqtriya davrining me'moriy rejalashtirish uslublari tahlil etiladi. Shuningdek, Sharq va G'arb madaniyati sintezining Farg'ona vodiysi shaharsozlik an'analari rivojiga ta'siri ko'rsatib o'tiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nabiyev Sherzod Farhodjon o`g`li (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: