Mazkur maqolada pedagogik nutq madaniyatining nazariy va amaliy asoslari, uning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni va pedagog kasbiy faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan. Pedagog nutqi o'quvchi yoki tarbiyalanuvchiga bilim berish, fikrni aniq va tushunarli yetkazish, muloqot o'rnatish hamda shaxslararo munosabatlarni samarali tashkil etishning muhim vositasi sifatida tahlil qilingan. Maqolada pedagogik nutqning mazmuni, to'g'riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ravonligi, ifodaliligi, sofligi va ta'sirchanligi kabi asosiy mezonlari ochib berilgan. Shuningdek, pedagog nutqida adabiy til me'yorlariga rioya qilish, ovoz ohangi, talaffuz, so'z boyligi, nutq sur'ati va pedagogik muloqot madaniyatining ahamiyati ko'rsatib berilgan. Pedagogik nutq madaniyatini rivojlantirishning amaliy usullari, jumladan, muntazam kitob o'qish, nutqiy mashqlar bajarish, suhbat va munozaralarda faol ishtirok etish, o'z nutqini tahlil qilish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ham yoritilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
KOMILJON QIZI QADIROVA SURMAXON (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: