Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur tezisda bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining raqamli-pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida raqamli pedagogik dizaynning didaktik imkoniyatlari nazariy jihatdan tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalarning ta'lim jarayoniga joriy etilishi o'qituvchidan faqat texnik vositalardan foydalanish ko'nikmasini emas, balki raqamli resurslarni pedagogik maqsadga muvofiq tanlash, ularni ta'lim mazmuniga integratsiyalash, o'quv faoliyatini loyihalash, raqamli baholash vositalarini ishlab chiqish va natijalarni pedagogik tahlil qilish kompetensiyalarini talab etishi asoslanadi. Raqamli pedagogik dizayn bo'lajak o'qituvchining "texnologiyadan foydalanish" darajasidan "texnologiya vositasida ta'limni loyihalash" darajasiga o'tishini ta'minlovchi metodik mexanizm sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, raqamli pedagogik dizaynning maqsadli, mazmuniy, texnologik, faoliyatli va refleksiv komponentlari ajratib ko'rsatiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Idiyeva Niginabonu Erkin qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: