Mazkur tezisda raqamli ta'lim muhitida bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining pedagogik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. Raqamlashtirish jarayonining ta'lim mazmuni, o'qitish metodlari, pedagogik muloqot, baholash va ta'lim natijalarini monitoring qilishga ta'siri tahlil qilinib, bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligida raqamli vositalardan foydalanishning o'zi yetarli emasligi, balki ularni maqsadga muvofiq pedagogik vazifalar bilan integratsiyalash zarurligi asoslangan. Shuningdek, pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv komponentlari ajratib ko'rsatilgan. Raqamli ta'lim muhitida interfaol, muammoli, loyiha asosidagi, hamkorlikka yo'naltirilgan va individual ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning muhim omili sifatida talqin etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Idiyeva Niginabonu Erkin qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: