Mazkur maqolada bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarida sog'lom turmush tarzi kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining pedagogik mazmuni, tashkiliy-metodik asoslari va samaradorligini ta'minlovchi omillar yoritilgan. Sog'lom turmush tarziga oid bilimlarni o'zlashtirish, salomatlikni saqlashga qaratilgan amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, sog'lom hayot tamoyillariga nisbatan ijobiy qadriyatli munosabatni rivojlantirish hamda egallangan kompetensiyalarni kasbiy faoliyatda qo'llash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, kompetensiyalarni rivojlantirishda interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, pedagogik loyihalar, treninglar, mustaqil ta'lim va refleksiv faoliyatning imkoniyatlari asoslangan. Bo'lajak tarbiyachilarning sog'lom turmush tarzi kompetensiyalarini izchil rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etish bo'yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dilsora Shokirovna Shodmonova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: