Maqolada bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining raqamli-pedagogik kompetentligini rivojlantirishda adaptiv ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Raqamli ta'lim muhitining rivojlanishi bo'lajak o'qituvchidan raqamli vositalardan foydalanish bilan bir qatorda ularni pedagogik maqsadga muvofiq tanlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish, raqamli resurslar yaratish, natijalarni tahlil qilish va ta'lim strategiyasini moslashtirish kompetensiyalarini talab qilmoqda. Tadqiqotda raqamli-pedagogik kompetentlikning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlari asosida adaptiv ta'limdan foydalanish metodikasi taklif etilgan. Shuningdek, kompetentlikni rivojlantirishning diagnostika, individuallashtirish, adaptiv faoliyat, raqamli teskari aloqa, refleksiya va qayta diagnostika bosqichlaridan iborat modeli ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Idiyeva Niginabonu Erkin qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: