Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida raqamli vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari va metodik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Ta'lim jarayonining raqamlashtirilishi o'quv materiallarini interaktiv va vizual shaklda taqdim etish, o'quvchilarning individual ta'limiy ehtiyojlarini hisobga olish, tezkor fikr-mulohaza berish hamda o'quv faoliyatini diversifikatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq raqamli texnologiyalarning ta'limga joriy etilishi o'z-o'zidan ta'lim sifatining oshishini ta'minlamaydi. Xalqaro tadqiqotlar texnologiyadan foydalanish samaradorligi uning pedagogik maqsadga muvofiqligi, o'qituvchining raqamli kompetensiyasi, ta'lim mazmuni va foydalanish sharoitlariga bog'liqligini ko'rsatadi. Tadqiqotda boshlang'ich ta'limda raqamli vositalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, ularni tanlash mezonlari va dars jarayoniga integratsiya qilishning metodik yondashuvlari o'rganiladi. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli vositalardan foydalanishning pedagogik shartlari aniqlanadi. Tadqiqotning metodologik asosini pedagogik kuzatuv, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, so'rovnoma va tajriba-sinov metodlari tashkil etadi. Maqolada raqamli vositalarni darsning maqsadi va mazmuniga mos ravishda tanlash, o'quvchining faol ishtirokini ta'minlash va raqamli faoliyatni an'anaviy pedagogik metodlar bilan uyg'unlashtirishga asoslangan metodik yondashuv taklif etiladi. Tadqiqot natijalari boshlang'ich sinf o'qituvchilarining raqamli vositalardan foydalanish amaliyotini takomillashtirish uchun metodik asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shahlo Akbarova Umedovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: