Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida vatanparvarlik mavzusidagi badiiy asarlarni o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif an'anaviy, o'qituvchi markazli o'qitish yondashuvining o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishdagi cheklovlarini asoslab, interfaol metodlarning o'quvchini faol ishtirokchiga aylantiruvchi, his-tuyg'u va qadriyatlarni ichdan anglashga yo'naltiruvchi tabiatini ochib beradi. Maqolada aqliy hujum, klaster, kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, dramatizatsiya, ifodali o'qish va ijodiy topshiriqlar kabi metodlarning vatanparvarlik mavzusidagi asarlar tahliliga tatbiq etilishi ko'rsatilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, interfaol metodlar o'quvchilarning badiiy matnni chuqur idrok etishi, milliy-ma'naviy qadriyatlarni shaxsiy e'tiqodga aylantirishi hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishi uchun samarali pedagogik shart-sharoit yaratadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Javohir Shonazarovna Atabayeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: