Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning moliyaviy savodxonligi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik hamda metodik asoslari yoritilgan. Moliyaviy savodxonlik o'quvchilarning kundalik hayotda pul mablag'laridan oqilona foydalanishi, daromad va xarajatlarni rejalashtirishi, jamg'arish, ehtiyoj va istaklarni farqlashi, moliyaviy xavflarni anglay olishi bilan bog'liq muhim kompetensiyalardan biri sifatida tahlil qilingan. Mantiqiy tafakkur esa o'quvchining ma'lumotlarni tahlil qilish, taqqoslash, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarga yechim topish qobiliyatlarini shakllantirish vositasi sifatida ko'rib chiqilgan. Maqolada mazkur ikki kompetensiyani o'zaro bog'liq holda rivojlantirish imkoniyatlari, amaliy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, loyihaviy faoliyat, didaktik o'yinlar va fanlararo yondashuvning metodik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda moliyaviy ta'lim mazmunini bosqichma-bosqich murakkablashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shuxratjon qizi Nuritdinova Shohsanam (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: