Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni shakllantirishning nazariy, metodologik va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyati, pedagogik tamoyillari, alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalarning ta'lim-tarbiya jarayonida to'laqonli ishtirokini ta'minlash omillari yoritiladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv muhitni yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ta'lim jarayonini individuallashtirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mutaxassislararo hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish hamda pedagogik umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar aniqlashtirilib, maktabgacha ta'lim amaliyotini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gulnoza Qodirova Rahmatjon qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: