Ushbu maqolada nutq buzilishlari bo'lgan bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. Kommunikativ kompetensiya bolaning nutqiy imkoniyatlari, muloqot tashabbusi, dialogik munosabatlarni tashkil etishi, fikrini izchil ifodalashi hamda nutqiy vositalardan ijtimoiy vaziyatga muvofiq foydalanishi bilan bog'liq murakkab pedagogik hodisa sifatida talqin etilgan. Raqamli hikoyalar, interaktiv dialoglar, vizual tayanchlar va muammoli kommunikativ vaziyatlardan foydalanish imkoniyatlari logopedik ishning maqsadlari bilan bog'liq holda yoritilgan. Muallif tomonidan raqamli topshiriqlarni kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy komponentlari bilan bog'lovchi metodik model taklif etilgan. Shuningdek, raqamli vositalarni jonli muloqot bilan uyg'unlashtirish, individual yondashuvni ta'minlash hamda kommunikativ rivojlanishni pedagogik kuzatuv asosida baholash tamoyillari asoslangan. Maqola nazariy-metodik xususiyatga ega bo'lib, undagi metodik takliflar keyingi empirik tadqiqotlar uchun asos bo'lishi mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Madina Azamat qizi Imomova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: