Mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining raqamli-pedagogik kompetentligini rivojlantirishda mikrоta'lim (microlearning) texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli-pedagogik kompetentlik yaxlit kompetensiya sifatida emas, balki o'zaro bog'liq mikrokompetensiyalar majmui sifatida qaralib, ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish mexanizmi asoslangan. Mikrоta'limning o'quv mazmunini kichik, mantiqan yakunlangan, aniq natijaga yo'naltirilgan ta'lim birliklariga ajratish xususiyati asosida bo'lajak o'qituvchilarda raqamli resurslarni tanlash, pedagogik ekspertizadan o'tkazish, raqamli topshiriqlar yaratish, multimedia vositalarini didaktik maqsadlarda qo'llash, raqamli baholash vositalaridan foydalanish va yaratilgan raqamli mahsulotni pedagogik jihatdan tahlil qilish kabi mikrokompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan va uzluksiz mexanizmi sifatida qo'llash imkoniyatlarini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Idiyeva Niginabonu Erkin qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: