Ushbu maqolada o'zbek milliy musiqasi ijrochilik amaliyotida qo'llaniladigan bezaklarni nota yozuvida ifodalash masalasi tadqiq etiladi. Ijrochilik bezaklarining an'anaviy nota yozuvi vositalari orqali aks ettirilish imkoniyatlari va mavjud cheklovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy ijrochilik xususiyatlarini hisobga olgan holda bezaklarni notalashtirishga innovatsion yondashuvning asosiy tamoyillari yoritiladi. Maqolada ijrochilik bezaklarini tasniflash, ularning musiqiy mazmunini aniqlash va nota matnida izchil ifodalashning ilmiy-uslubiy jihatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari o'zbek milliy musiqa merosini yozma shaklda saqlash, o'rgatish va kelajak avlodga yetkazishda takomillashtirilgan notalashtirish tizimining ahamiyatini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yuldashev Jahongir (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: