Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonda madaniyat muassasalarini strategik boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar sharoitida an'anaviy ma'muriy boshqaruvdan strategik, innovatsion va natijaga yo'naltirilgan boshqaruv tizimiga o'tish zarurati asoslangan. Tadqiqotda madaniyat muassasalarining strategik rivojlanishida inson kapitali, raqamli texnologiyalar, kreativ industriya, auditoriya bilan ishlash, innovatsion faoliyat va moliyaviy barqarorlikning o'rni ochib berilgan. Shuningdek, muallif tomonidan madaniyat muassasalarini boshqarishning "7T-Madaniyat" modeli taklif etilib, uning asosiy komponentlari — maqsad, tahlil, transformatsiya, texnologiya, talent, ta'sir va taraqqiyot — ilmiy jihatdan asoslangan. Madaniyat muassasalarining faoliyatini baholashda faqat tadbirlar soni emas, balki yaratilgan madaniy mahsulot, auditoriya qamrovi va ijtimoiy-madaniy ta'sirni hisobga olish zarurligi ko'rsatib berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tolıbava Gu'lmira Baxtiyar qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: