Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada XVIII asrda Jung'or xonligi va Qing imperiyasi o'rtasida kechgan siyosiy, harbiy va geosiyosiy raqobat hamda uning Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlarga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jung'or xonligining XVIII asr boshlaridagi siyosiy-harbiy mavqei, Qing imperiyasining Ichki Osiyo yo'nalishidagi siyosati, ikki davlat manfaatlarining to'qnashuvi va qarama-qarshilikning asosiy bosqichlari ko'rib chiqiladi. Ayniqsa, 1720–1740-yillardagi harbiy-diplomatik munosabatlar, 1745-yilda Galdan-Tseren vafotidan keyingi Jung'or xonligidagi siyosiy beqarorlik va 1755–1758-yillardagi Qing yurishlari alohida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jung'or xonligining tugatilishi faqat ikki davlat o'rtasidagi harbiy kurashning yakuni sifatida emas, balki Markaziy Yevrosiyodagi kuchlar muvozanatining o'zgarishiga olib kelgan geosiyosiy burilish sifatida baholanadi. Shuningdek, Jung'or davlatining yo'q qilinishi natijasida Qing imperiyasining Ili va Jung'oriya hududlaridagi mavqei kuchaygani, Qozoq xonliklari uchun yangi chegaraviy-siyosiy sharoit yuzaga kelgani hamda Sharqiy Turkistondagi siyosiy jarayonlar yangi imperiyaviy tizim doirasida rivojlanganligi ko'rsatiladi. Tadqiqot Jung'or–Qing qarama-qarshiligining oqibatlarini Markaziy Osiyodagi kengroq siyosiy jarayonlar bilan bog'liq holda tushuntirishga qaratilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Muhammadali Botir oʻgʻli Toxirov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: