Ushbu maqolada sutni qayta ishlash sanoatida qo'llaniladigan modda almashinish qurilmalarida yuzaga keladigan gidrodinamik oqim strukturalarini tadqiq etishda kompyuterli modellashtirishning afzalligi yoritilgan. Maqoladi sutni qayta ishlash jarayonlari misolida qizdirish, sovitish, konsentratsiyalash, bug'latish, quritish va ajratish jarayonlari va ularning oqim strukturalari, tezligi, bosimi, temperaturasi jarayon samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi ta'kidlab o'tilgan. Tadqiqotlarda hisoblash gidrodinamikasi, 3D modellashtirishdan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. 3D modellashtirish yordamida qurilmadagi oqimning zarrachalar trayektoriyalari, bosim va tezlik ta'sirlari, gidravlik qarshiliklarni aniqlashning zamonaviy usullari keltirilgan. Kompyuterli modellashtirish orqali tadqiqotlar olib borishning eksperimental tadqiqotlar bilan uyg'unlashtirish orqali modda almashinish qurilmalarining konstruktiv va texnologik parametrlarini optimallashtirish, energiya sarfini kamaytirish hamda ishlab chiqariladigan masulot sifatini oshirish mumkinligi asoslangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Barakayeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: