Ushbu maqolada kon korxonalarida qo'llaniladigan elektromexanik tizimlarni matematik modellashtirishning amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Konveyerlar, ekskavatorlar, maydalash va yuklash qurilmalari, nasoslar, ventilyatorlar hamda burg'ulash mashinalarining elektr yuritmalarida sodir bo'ladigan elektr va mexanik jarayonlarni matematik ifodalash masalalari ko'rib chiqilgan. Elektromexanik tizimlarning matematik modelini shakllantirishda elektr dvigatelining toki, kuchlanishi, aylanish tezligi, elektromagnit momenti, yuklama momenti va inertsiya parametrlarining o'zaro bog'liqligi asos qilib olingan. Matematik modellashtirish yordamida kon mashinalarining o'tkinchi va barqaror ish rejimlarini tadqiq etish, energiya sarfini baholash, yuklamaning o'zgarishini prognozlash, avariyaoldi holatlarini aniqlash va boshqaruv parametrlarini optimallashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, kompyuter modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish orqali real kon sharoitida tajribalar o'tkazishga ketadigan vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytirish mumkinligi ko'rsatilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nasriddinova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: