Mazkur ilmiy maqolada elektr energiyasini iste'molchilarga yetkazib berishda keng qo'llaniladigan havo elektr uzatish liniyalari va yerosti kabellarining asosiy afzalliklari, texnik xususiyatlari hamda foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Elektr tarmoqlarini loyihalash va modernizatsiya qilish jarayonida uzatish liniyasining turini to'g'ri tanlash elektr ta'minotining ishonchliligi, xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi va atrof-muhitga ta'sirini belgilovchi muhim omillardan biridir. Havo elektr uzatish liniyalari konstruksiyasining nisbatan sodda bo'lishi, montaj va texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarining pastligi, shikastlangan qismlarni aniqlash va ta'mirlash qulayligi bilan ajralib turadi. Yerosti kabellari esa shahar hududlarida, aholi zich joylashgan maskanlarda va estetik talablar yuqori bo'lgan joylarda samarali yechim hisoblanadi. Ular tashqi muhit ta'siridan nisbatan yaxshi himoyalangan bo'lib, hududning tashqi ko'rinishini saqlash, xavfsizlikni oshirish va yer maydonidan oqilona foydalanish imkonini beradi. Maqolada har ikki turdagi elektr uzatish tizimining afzalliklari texnik, iqtisodiy, ekologik va ekspluatatsion mezonlar asosida ko'rib chiqiladi. Shuningdek, hududning geografik va iqlimiy sharoiti, elektr yuklamasi, qurilish zichligi hamda investitsion imkoniyatlarni hisobga olgan holda optimal variantni tanlashning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari elektr tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gulnoz To'xtayevna A'zamova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: