Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada anor (Punica granatum L.) po‘sti chiqindilarini qimmatli ikkilamchi xom ashyo sifatida qayta ishlash, ular tarkibidagi biofaol komponentlarni ajratib olish va mazkur komponentlar asosida anor mevalarini saqlash uchun mo‘ljallangan intellektual bio-qoplamalar ishlab chiqishning ilmiy-texnologik asoslari tahlil qilingan. Anor po‘sti tarkibidagi fenol birikmalari, flavonoidlar, tanninlar va boshqa antioksidant komponentlar uni funktsional qoplama uchun istiqbolli manbaga aylantiradi. Tadqiqot kontseptsiyasida ekstraktsiya jarayonini optimallashtirish, ekstraktning umumiy polifenol miqdori va antioksidantlik faolligini aniqlash, biopolimer matritsa asosida bio-qoplama shakllantirish hamda pH-sezgir indikatorni qoplama tizimiga integratsiyalash nazarda tutilgan. Intellektual bio-qoplamaning funktsionalligi uning mexanik, optik, barьer, antioksidant va indikatorlik xususiyatlari orqali baholanishi taklif etilgan. Tadqiqot natijalaridan anor po‘sti chiqindilarini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega funktsional materialga aylantirish va oziq-ovqat qadoqlash texnologiyasida sirkulyar yondashuvni shakllantirishda foydalanish mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sayitovich et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: