Ushbu ilmiy tezisda zamonaviy matematika ta'limida raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), interaktiv dasturiy ta'minotlar (GeoGebra, Desmos, Wolfram Alpha) va sun'iy intellekt elementlaridan foydalanishning nazariy hamda metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tezisda an'anaviy ta'lim usullarining raqamli vositalar bilan integratsiyalashuvi,o'quvchilarning tasavvur qilish qobiliyatlari, ularning fazoviy va mavhum fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o'rni hamda ta'lim sifatini oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli resurslarni dars jarayoniga tatbiq etishning didaktik tamoyillari va amaliy samaradorligi ko'rsatib o'tilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dildora Rahmatova Komil qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: