Ushbu sharh maqolada Asteraceae oilasiga mansub Silphium L. turkumi, xususan, Silphium perfoliatum L. o‘simligining kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va undan biologik faol mahsulotlar olish imkoniyatlari bo‘yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar tizimlashtirildi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o’simlik tarkibida fenol kislotalar, flavonoidlar, triterpenoid saponinlar, efir moylari, polisaxaridlar va boshqa ikkilamchi metabolitlar mavjud. O‘simlikning turli organlarida ushbu birikmalarning miqdoriy va sifat tarkibi bir xil emasligi aniqlangan. Mavjud ma’lumotlar Silphium perfoliatum xomashyosini kimyoviy standartlashtirish, ekstraktlar olish va biologik faol shifobaxsh tovarlar yaratish uchun istiqbolli o‘simlik resursi sifatida baholash imkonini beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
M. et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: