O'zbekistonda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi, bu jarayonda milliy pedagogik merosdan samarali foydalanish milliy o'ziga xoslikni saqlash va yosh avlodni milliy ruhda kamol toptirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot O'zbekistonda zamonaviy ta'lim jarayonida milliy pedagogik merosdan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini tizimli adabiyotlar tahlili orqali o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot Google Scholar, O'zbekistonning yetakchi ilmiy jurnallari portallari va universitet axborotnomalarida 2020-2023 yillar davomida nashr etilgan 100 dan ortiq ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, milliy pedagogik merosning nazariy asoslari an'anaviy qadriyatlar va zamonaviy pedagogik tamoyillarning uyg'unligiga asoslanadi, amaliy mexanizmlar esa xalq pedagogikasi elementlarini (maqollar, ertaklar, milliy o'yinlar) darslarga kiritish va milliy qadriyatlarga mos pedagogik texnologiyalarni qo'llashni o'z ichiga oladi. Milliy pedagogik merosni integratsiya qilish ta'lim jarayonini boyitadi, yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantiradi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Lola Keldiyorovna Yusupova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: