Ushbu maqolada mevali bogʻlarda zararkunandalar bilan zararlangan va nazorat (himoya choralari qoʻllanilgan) daraxtlarning gullash jadalligi, meva tugish foizi, mevalar soni va hosildorligi koʻrsatkichlari taqqoslangan. Samarqand viloyati sharoitida olma bogʻida olib borilgan kuzatishlarda zararlangan daraxtlarda gullash jadalligi, meva tugishi va hosildorlik nazoratga nisbatan sezilarli darajada past boʻlib, zararlanish darajasi ortishi bilan bu koʻrsatkichlarning izchil kamayishi aniqlangan. Zararkunandalarga qarshi himoya choralarini oʻz vaqtida qoʻllash gullash va meva tugish jarayonlarini saqlab qolib, hosilni 35–40 % gacha yoʻqotishning oldini olishi koʻrsatilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Begmatov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: