Maqolada J1 va J2 sport sinflaridagi yuqori malakali paradzyudochilarning musobaqa oldi tayyorgarlik davrida jarohatlarning oldini olish masalalari ko'rib chiqilgan. Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko'ra, ko'rish qobiliyati cheklangan dzyudochilarda jarohat tarqalganligi yuqori bo'lib, ko'pincha yelka bo'g'imi shikastlanadi va jarohatlarning katta qismi tik turib kurashish texnikasida yuz beradi. Ushbu holatni hisobga olgan holda yelka bo'g'imi barqarorligini oshirish, yiqilish texnikasini (ukemi) takomillashtirish, fazoviy xavfsizlik va tiklanish mashqlarini o'z ichiga olgan preventiv dastur ishlab chiqildi. Pedagogik eksperiment natijalari dastur tajriba guruhida jarohat hodisalari soni, yelka sohasidagi shikoyatlar ulushi va mashg'ulotdan chetlashgan kunlar sonini sezilarli kamaytirishini ko'rsatdi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nasimovich et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: