Maqolada iqtidorli bolalarning psixologik va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari, ularning intellektual salohiyati, ijodiy tafakkuri, bilish jarayonlari hamda hissiy-irodaviy jihatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Iqtidorning namoyon bo'lishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi individual, oilaviy va pedagogik omillarning o'zaro aloqasi yoritilgan. Iqtidorli bolalarning tengdoshlari bilan munosabatlari, ijtimoiy moslashuvi va hissiy barqarorligini ta'minlashda ta'lim muhiti hamda pedagogik-psixologik qo'llab-quvvatlashning ahamiyati asoslangan. Maqolada bolalar salohiyatini kompleks baholash, individual yondashuvni ta'minlash va ularning intellektual, ijodiy hamda ijtimoiy rivojlanishini uyg'unlashtirishga qaratilgan yondashuvlar yoritilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
G'anisherovna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: