mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida intellektual hislarni shakllantirishning nazariy va metodologik asoslari, xususan, inson psixikasidagi kognitiv (bilish) va affektiv (emotsional) sohalarning o'zaro uzviy bog'liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maktab yoshidagi bolalarda ta'lim faoliyati davomida yuzaga keladigan akademik emotsiyalar, jumladan, epistemik va yutuq emotsiyalarining shaxs intellektual rivojlanishidagi o'rni yetakchi psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Intellektual hislarning bolaning o'quv motivatsiyasini oshirishi, irodaviy sifatlarini mustahkamlashi va emotsional regulyatsiya ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. Shuningdek, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchi tomonidan yaratiladigan rag'batlantiruvchi ijtimoiy-psixologik muhit bolaning barqaror aqliy faoliyati va komil shaxs sifatida shakllanishi uchun asosiy poydevor vazifasini o'tashi xulosa qilingan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
FARANGIZ MELIQULOVA TO'LQIN QIZI (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: