Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada talabalarning o'quv motivatsiyasini rivojlantirishda sun'iy intellekt vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'lim jarayonida sun'iy intellekt texnologiyalarining, xususan, generativ sun'iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi talabalarning bilim olish, mustaqil ta'lim olish, axborotni izlash va qayta ishlash faoliyatiga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Maqolada o'quv motivatsiyasining mazmun-mohiyati, uning talaba o'quv faoliyatidagi o'rni hamda motivatsiyani shakllantiruvchi asosiy pedagogik va psixologik omillar yoritilgan. Shuningdek, sun'iy intellekt vositalarining individual ta'limni tashkil etish, tezkor teskari aloqa berish, murakkab mavzularni tushuntirish, ta'lim mazmunini individuallashtirish, o'z-o'zini nazorat qilish va talabaning bilishga bo'lgan qiziqishini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, sun'iy intellektdan nazoratsiz va maqsadsiz foydalanish natijasida tayyor javoblarga qaramlik, mustaqil fikrlashning susayishi, akademik halollikning buzilishi kabi xavflar yuzaga kelishi mumkinligi asoslangan. Maqolada sun'iy intellektdan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanishning muhim shartlari va tamoyillari ham taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Laylo G'ofir qizi Isanova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: