Maqolada malaka oshirish kurslari tinglovchilarining sun’iy intellekt texnologiyalaridan kasbiy-pedagogik faoliyatda ongli, maqsadli va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini masofaviy ta’lim sharoitida rivojlantirish masalasi nazariy-metodik jihatdan tadqiq etiladi. Ilmiy adabiyotlar va xalqaro kompetensiya yondashuvlari qiyosiy tahlili asosida ko‘nikmaning tarkibiy qismlari aniqlashtiriladi, pedagogik shart-sharoitlar tizimi taklif qilinadi. Taklif etilgan tizim motivatsion-maqsadli yo‘naltirish, mazmunni kasbiy vazifalarga moslashtirish, faol-amaliy o‘qitish, texnologik-metodik qo‘llab-quvvatlash, axloqiy-xavfsizlik tamoyillari va refleksiv baholashning o‘zaro aloqadorligini nazarda tutadi. Maqoladagi natijalar konseptual xarakterga ega bo‘lib, ularning samaradorligi keyingi empirik tadqiqotlarda tekshirilishi lozim.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jasur Saidov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: