Maqolada malaka oshirish kurslari tinglovchilarining sun’iy intellekt texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalarini masofaviy ta’lim orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model konseptual jihatdan asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi modelning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik va natijaviy-baholash komponentlarini belgilash hamda ularning funksional aloqalarini ochib berishdan iborat. Nazariy tahlil, pedagogik modellashtirish, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlardan foydalanildi. Taklif etilgan model tinglovchining boshlang‘ich tayyorgarligini diagnostika qilish, kasbiy vaziyatlarga mos o‘quv topshiriqlarini tanlash, amaliy mahsulot yaratish va reflektiv baholashni yagona siklda birlashtiradi. Model tajriba-sinovdan o‘tkazilgan natija sifatida emas, keyingi empirik tekshiruv uchun ilmiy-metodik loyiha sifatida taqdim etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jasur Saidovich Saidov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: