Mazkur maqolada musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Unda sun’iy intellekt asosida ishlovchi musiqiy dasturlar, vokal va cholg‘u ijrosini tahlil qilish, avtomatik jo‘rnavozlik, individual mashg‘ulotlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish, raqamli kompozitsiya hamda interfaol baholash kabi imkoniyatlarning ta’limiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining talabalarning individual qobiliyatlarini aniqlash, mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish, ijrochilik ko‘nikmalarini takomillashtirish va ijodiy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada sun’iy intellekt o‘qituvchini almashtiruvchi vosita emas, balki pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi, ta’lim jarayonini individuallashtiruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi texnologik vosita sifatida talqin etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xamraqulovna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: