Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt vositalari orqali ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchi (EFL) o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari tadqiq etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellekt, interaktiv chatbotlar, nutqni avtomatik aniqlash va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalarini kommunikativ yondashuv bilan integratsiyalashning samarali metodik mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, umumlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada sun’iy intellekt asosida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model taklif etildi. Model dialogik muloqot, vaziyatli topshiriqlar, rolli o‘yinlar, individual fikr-mulohaza va refleksiv faoliyat bosqichlarini qamrab oladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt vositalaridan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishi, muloqotga kirishish faolligi va nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun metodik imkoniyat yaratishini ko‘rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Dildora Raximovna Radjabova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: