Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim jarayonining pedagogik modelini takomillashtirish va uning didaktik-metodologik asoslarini qayta ko‘rib chiqish masalalari tadqiq etilgan. Izlanishda an’anaviy ta’lim uslublaridan interaktiv, adaptiv hamda shaxsga yo‘naltirilgan gibrid ta’lim modellariga o‘tishning pedagogik shart-sharoitlari va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri empirik tahlil qilingan. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlashtirilgan ta’lim platformalari (HEMIS va LMS) va sun’iy intellekt elementlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning amaliy mexanizmlari hamda kiber-pedagogik kompetensiyani oshirish yo‘nalishlari ilmiy iloslab berilgan. Tadqiqot natijalari va taklif etilgan tavsiyalar oliy hamda professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish hamda individual ta’lim trayektoriyalarini loyihalashda xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
qizi et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: