Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada IX–XVI asrlar Sharq pedagogik tafakkuri namoyandalari (Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Kaykovus, Nosiriddin Tusiy, Yusuf Xos Hojib va Zahiriddin Muhammad Bobur) ilmiy-falsafiy merosida bolalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirishning nazariy-g‘oyaviy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxs kamolotida tug‘ma layoqat (fitrat), ijtimoiy muhit va maqsadli tarbiyaning o‘zaro dialektik birligi qiyosiy-tarixiy hamda germenevtik metodlar yordamida o‘rganilgan. O‘rganilgan klassik manbalar asosida bolalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirishning uch qatlamli konseptual modeli (tug‘ma-tabiiy zamin, axloqiy-tarbiyaviy mexanizm hamda ijtimoiy-amaliy faoliyat) ishlab chiqilgan. Shuningdek, allomalarning tarbiyaviy g‘oyalari zamonaviy psixologik-pedagogik konsepsiyalar (L.S. Vygotskiy, A. Bandura, U. Bronfenbrenner) bilan qiyoslanib, ularni bugungi uzluksiz ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning ilmiy-metodik yo‘nalishlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bolalarda tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda tarixiy-pedagogik merosdan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Baxtigul Abdulla qizi Eshniyozova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: