Zamonaviy dunyo bolalarning muloqot maydoni real hayotdan vertual olamga koʻchishi-bu shunchaki texnologik oʻzgarish emas, balki inson psixologiyasining fundamental oʻzgarishidir. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida 19-asrning oxirida vujudga kelib, fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabi asosida bolalar psixologiyasi sifatida qoʻllanib kelinmoqda [1] (E.Gʻoziyev "PSIXOLOGIYA" kitobi) Shuningdek, insonning oʻz his-tuygʻularini anglash, ularni boshqara olish va bpshqa odamlarning emotsiyalarini toʻgʻri tushunish hamda ularga nisbatan hamdardlik bildira olish qobilyati bu emotsional intellektning asosiy mazmun mohiyati hisoblansa, tarbiyalanuvchilar bilan ishlaydigan pedagog psixologlarning koʻmaklashtiruvchi tayanchi va asosiy qoʻllanmasi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining tub zamirida nafaqat bilimni, balki ruhan sogʻlom, emotsional barqaror shaxsni shakllantirish masalasi yotadi. Tarbiyalanuvchilarning emotsional intellektini rivojlantirish bugungi kunda shunchaki tavsiya emas, balki qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan davlat talabidir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yildagi 7-iyundagi 472-son qaroriga muvofiq Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. -Tarbiyalanuvchilarning emotsional-irodaviy sohasidagi buzilishlarini erta aniqlash; -Nizoli vaziyatlarda oʻzini tutish va empatiya koʻnikmalarini shakllantirish; -Psixologik treninglar orqali bolani ijtimoiy adaptatsiyasini ta'minlash vazifalari belgilangan. Avvalambor har bir shaxs har bir jamiayatning bir qismi sanalgan indon oʻz kechinmalari, hos tuygʻulari har bir jarayon mobaynida yuzaga keladigan emotsiyalarini anglay olishi lozim. Oʻzida mujassam boʻlgan emotsional intellektni anglay olishi bu EQ ning poydevori hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab oʻtilgan anglay olish jarayoni emotsional intellektni rivojlantirish uchun qoʻyilgan maqsadning ilk rejasi boʻlib xizmat qilsa, oʻz ichki emotsional intellektni boshqarish bu asosiy va murakkab reja sifatida tan olinadi. Emotsional intellektni boshqarish bu jarayonda paydo boʻlgan ilk emotsiyani nazorat qilish va uni salbiy tomondan ijobiy tomonga oʻzgartirish, emotsiyaga berilayotgan vaqtda uni jilovlay olish kabi muhim funksiyalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Xulosa: Ta'kidlab oʻtilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga keldim.Emotsional intellektni rivojlantirish bu shunchaki psixologik tushuncha meas balki barkamol avlodni tarbiyalashning strategik yoʻnalishi hisoblanadi.Shuningdek har bir tarbiyalanuvchining hayot yoʻllarida oʻz jasbini tanlashda hayotda oʻz oʻrnini topishida emotsional intellekt muhim rol oʻynaydi ya'ni jamiyat va boshqalar bilan oʻzaro muloqot hamkasblar va insonlar bilan munozara qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlab oʻtish joizki har bir jarayonda oʻziga mos muammolar boʻlgani kabi Psixologiyaning tarbiyalanuvchilardagi emotsional intellektni rivojlantirishda ham muammolar yoʻq emas albatta. Tadqiqot doirasida aniqlanganidek bugungi kunda pedagoglarning emotsional kompetensiyasi yetarli darajada emasligi, ta'lim dasturlarida akademik bilimga koʻproq urgʻu berilishi hamda ota onalar bilan hamkorlikning sustligi emotsional intellekt rivojiga toʻsqinlik qilmoqda. Bu muammolarni hal qilishda avvalambor Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev hamda jonkuyar tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda pedagog psixolog, Maktabgacha va va maktab ta'limi ham harakat qilmoqda.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Bahodir qizi Nurmuhammadova Mubina (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: