Maqolada mahalliy iste'mol bozorlarida kichik biznes subyektlarining tutgan o'rni va ularning hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi omillarni ekonometrik modellashtirish orqali baholashdir. Ishda qiyosiy va regressiya tahlili metodlaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari kichik biznesning savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida multiplikativ samaradorlikni oshirishini ko'rsatadi. Ilmiy yangilik sifatida mahalliy bozorni barqarorlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan. Amaliy ahamiyatga ega bo'lgan tavsiyalar iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gulshirin Soatmurod qizi Juraeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: