Maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni kamaytirishning iqtisodiy samaradorligi sifat xarajatlari nazariyasi doirasida oʻrganilgan. Oldini olish, baholash, ichki va tashqi nosozlik xarajatlari tasnifi, Taguchi yoʻqotish funksiyasi va statistik jarayon nazorati gʻoyalari asosida past sifat xarajatini nuqson ulushi, aniqlash darajasi va yolgʻon signal ulushi orqali ifodalovchi model taklif etildi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, kichik tadbirkorlikning sanoat mahsulotidagi ulushi 2025-yilda 34,9 foizni tashkil etgani qayd etildi. Shartli korxona misolida sunʼiy intellekt vizual nazorati past sifat xarajatini 64,9 foizga qisqartirgani, investitsiya 3,1 yilda qoplanishi va zararsizlik chegarasi 2,8 foizli nuqson ulushiga toʻgʻri kelishi hisoblandi. Muallif natijani aniqlash darajasidan koʻra koʻproq tashqi nosozlik qiymati belgilashini asosladi va kichik korxonalar uchun sifat darvozasi modelini ishlab chiqdi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Sodiqova Dilnoza Jumanazarovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: