Maqolada sanoat klasterlari va biznes ekotizimlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hududning investitsion jozibadorligini oshirish omili sifatida Namangan viloyati misolida oʻrganildi. M. Porter klaster nazariyasi, J. Mur, D. Ayzenberg va E. Stam ekotizim konsepsiyalari asosida klaster-ekotizim boshqaruvining nazariy modeli ishlab chiqildi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari boʻyicha 2017-2023-yillarda viloyatda asosiy kapitalga investitsiyalar 5,4 barobar, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 73,6 barobar oshgani, ularning investitsiyalardagi ulushi 51,6 foizga yetgani aniqlandi. Lokalizatsiya koeffitsiyenti toʻqimachilik, kiyim va charm mahsulotlari boʻyicha 2,43 ga teng boʻlib, viloyatning tarmoq ixtisoslashuvi barqaror ekanini tasdiqladi. Muallif davlat, klasterlar, taʼlim-ilm va moliya subʼyektlarini yagona boshqaruv markazi atrofida birlashtiruvchi hamda infratuzilma va erkin iqtisodiy zonalar bilan qoʻllab-quvvatlanadigan modelni asosladi hamda investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqdi. Barcha koʻrsatkichlar Milliy statistika qoʻmitasi va Namangan viloyati statistika boshqarmasining rasmiy maʼlumotlari bilan solishtirib tekshirildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Baxriddinxon Jo'rayevich Maxmudov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: