Mazkur maqolada sun'iy intellekt (SI) va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalarining raqamli iqtisodiyotga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro tashkilotlar (Stanford HAI, McKinsey, PwC, IMF, Jahon iqtisodiy forumi, IDC/Statista) hisobotlaridagi ikkilamchi statistik ma'lumotlarni qiyosiy va kontent-tahlil usullari bilan o'rganishga asoslangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, global ma'lumotlar hajmi so'nggi o'n yil ichida o'n barobardan ortiq o'sgan, tashkilotlarning SI'dan foydalanish ulushi 2023–2024-yillarda 55 foizdan 78 foizgacha ko'tarilgan, SI sohasiga xususiy investitsiyalar esa AQSh va Xitoy o'rtasida keskin tafovutga ega. Shu bilan birga, SI mehnat bozorida bir vaqtning o'zida yangi ish o'rinlarini yaratmoqda va mavjudlarini o'zgartirmoqda. Maqolada O'zbekiston uchun tavsiyalar ham berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: