Tizimli qizil yugurik (TQY) — immun tizimining disregulyatsiyasi, autoantitanalar hosil bo‘lishi, immun komplekslarning to‘planishi va ko‘p a’zoli zararlanish bilan kechuvchi surunkali autoimmun kasallikdir. Kasallik patogenezida immunologik jarayonlar bilan bir qatorda oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya, komplement tizimi faolligining o‘zgarishi, oqsil va lipidlar almashinuvining buzilishi hamda buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolaning maqsadi tizimli qizil yugurikda kuzatiladigan asosiy biokimyoviy o‘zgarishlarni tahlil qilish va ularning klinik-diagnostik ahamiyatini yoritishdan iborat.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Kuranova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: