Ushbu ilmiy maqolada Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro xonligining iqtisodiy hayoti, uning asosiy tarmoqlari va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilinadi. XVI asrda Movarounnahr hududida shakllangan siyosiy jarayonlar bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, pul muomalasi hamda soliq tizimida yuz bergan o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillari sifatida ko'rib chiqiladi. Maqolada Buxoro shahrining savdo-hunarmandchilik markazi sifatidagi mavqei, sug'orma dehqonchilikning iqtisodiyotdagi o'rni, karvon savdosining rivojlanishi va Shayboniylar davridagi pul islohotlari tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, iqtisodiy jarayonlarning davlatning siyosiy barqarorligi va shaharlar taraqqiyoti bilan o'zaro aloqadorligi tahlil qilinadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Rayxona Shermuxammadova Shuxratjon qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: