Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchisi (BRM-1) va «hech kimni ortda qoldirmaslik» tamoyili nuqtai nazaridan mintaqa ichidagi tengsizlik muammosi Buxoro viloyati misolida tadqiq etiladi. 2025 yilda viloyat bo'yicha kambag'allik darajasi 5,7 foizga tushgan bo'lsa-da, tumanlar kesimida u 2,9 foizdan (Buxoro shahri) 10,4 foizgacha (Shofirkont tumani), ya'ni 3,6 baravar farq qiladi. 13 ta ma'muriy-hududiy birlik ma'lumotlari asosidagi regression tahlil o'rtacha ish haqi kambag'allikning asosiy omili ekanini ko'rsatdi (R² = 0,862): ish haqi 100 ming so'mga oshganda kambag'allik 0,29 foiz punktga kamayadi, elastiklik –2,0 ga teng. «Temir daftar» qamrovi kambag'allik bilan kuchli korrelyatsiyaga ega (r = +0,869), biroq ish haqi nazorat qilinganda uning mustaqil ta'siri ahamiyatsiz, ya'ni u natija emas, manzillilik indikatori hisoblanadi. Shu asosda tumanlar kambag'allik va ish haqi darajasiga ko'ra to'rt tipologik guruhga ajratildi va har bir guruh uchun farqlangan siyosat taklif etildi: yuqori qo'shilgan qiymatli va kreativ tarmoqlar, hunarmandchilik va turizm, kasb-hunar va mikrokredit, periferik hududlar uchun klaster yondashuvi hamda hududiy brending. Bunday tabaqalashtirish yagona andozadagi dasturlarga nisbatan resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Negmatillayeva Zarina Baxodirovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: