Maqolada O'zbekistonning 14 ta hududi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha raqamli iqtisodiyot ko'rsatkichlarini qo'shgan holda baholandi. Milliy statistika qo'mitasining 2025-yil ma'lumotlari asosida yetti indikatordan iborat tizim tuzildi: aholi jon boshiga YaHM, YaHMning real o'sishi, yalpi qo'shilgan qiymatda xizmatlar ulushi, aholi jon boshiga bozor xizmatlari, aholi jon boshiga aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, bu xizmatlarning bozor xizmatlaridagi ulushi va kambag'allik darajasi. Ko'rsatkichlar logarifmlanib, min-max usulida normallashtirildi va iqtisodiy, raqamli hamda ijtimoiy subindekslar orqali integral indeks hisoblandi. Integral indeks Toshkent shahrida 0,943, Surxondaryo viloyatida 0,172 ga teng chiqdi, variatsiya koeffitsiyenti 62,4 % ni tashkil etdi. Ward ierarxik usuli va k-o'rtachalar usuli bir xil natija berib, hududlarni oltita tipologik guruhga ajratish imkonini berdi. Natijalar hududiy siyosatda raqamli infratuzilmaga yo'naltiriladigan resurslarni guruhlar bo'yicha farqlash zarurligini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Tojiqulov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: