Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi hududlar kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning 2015-2025 yillardagi dinamikasi statistik ko'rsatkichlar yordamida tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi tomonidan berilgan ma'lumotlar asosida 14 hudud (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyat) bo'yicha variatsiya koeffitsienti, Gini koeffitsienti, eng yuqori va eng past daromadli hududlar nisbati ko'rib chiqilgan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, ushbu davr ichida respublikada o'rtacha daromad oshgan bo'lsa-da, hududlar o'rtasidagi tabaqalanish kamaymagan, aksincha kuchaygan. 2023-2025 yillarda bu tendensiya yanada keskinlashgan. Tadqiqot so'ngida "O'zbekiston – 2030'' strategiyasi doirasida hududiy tengsizlikni nazorat qilish va kamaytirish bo'yicha takliflar berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Nigora et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: