Maqolada O'zbekiston hududlarida internet tarmog'iga ulangan abonentlar sonining har 100 kishiga nisbati 2015–2025-yillar kesimida tahlil qilinadi. Tadqiqotda vaqt qatorlari, mutlaq o'zgarish, o'sish sur'ati va hududlararo tafovut ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Milliy statistika qo'mitasining SIAT bazasidagi rasmiy ma'lumotlar asosida mamlakat bo'yicha ko'rsatkichning o'zgarishi va hududlar kesimidagi farqlar taqqoslanadi. Tahlil internet abonentlari ko'rsatkichi internetdan foydalanayotgan noyob shaxslar ulushi bilan aynan bir xil emasligini ham hisobga oladi. Natijalar hududiy raqamli infratuzilmani baholashda umumiy ko'rsatkich bilan bir qatorda hududiy tafovutlarni ham muntazam kuzatish zarurligini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: