Tezisda Oʻzbekistonda sanoat korxonalarini hududiy joylashtirishning hozirgi holati 2025-yil rasmiy statistik ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Hududlar kesimida sanoat mahsuloti hajmi va aholi jon boshiga ishlab chiqarish, Xerfindal–Xirshman va Guver indekslari hisoblanib, ishlab chiqarishning uchta hududda jamlanganligi va hududlararo tafovut darajasi baholangan. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va texnoparklarning sanoatdagi oʻrni, samaradorligi hamda infratuzilma bilan bogʻliq muammolari koʻrib chiqilgan. Tahlil asosida sanoatni hududiy joylashtirishni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, zonalar tarmogʻini yiriklashtirish va hududiy ixtisoslashuvni ilmiy asoslash taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Kudratov Muhammad Rustamovich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: